Главная » 2018 » Декабрь » 21 » Ko‘k choy qanday foydali xususiyatlarga ega?
20:24

Ko‘k choy qanday foydali xususiyatlarga ega?


Kuz-qish mavsumini hisobga olmaganda oramizdagi ko‘plarning juda ko‘p qismi ko‘k choy iste’mol qiladi. Shu sababli u yer yuzidagi eng yaxshi ichimliklar qatorida turadi.

Xo‘sh, ko‘k choyning qanday foydali jihatlari bor? Uni ko‘p iste’mol qilganda organizmda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradimi? Bu savollarga quyidagi faktlar orqali javob olishingiz mumkin:

ko‘k choy miya faoliyatini yaxshilaydi, tanani ortiqcha yog‘lardan asraydi, saraton kasalligi xavfini kamaytiradi;

 

tiananing suyuqlikka bo‘lgan ehtiyojini bemalol qondira oladi;

turli xil stresslarning oldini olish orqali nerv tomirlarini shikastlanishdan asraydi;

kuchli dorivor xususiyatga ega. Shu sababdan tabobatda ham keng foydalaniladi;

tarkibida salomatlik uchun muhim bo‘lgan kichik miqdordagi minerallar mavjud;

ko‘k choyni imkon qadar eng yuqori sifatlisidan iste’mol qilish lozim. Biroq boshqalarida ham foydalilik xususiyatlari bor;

juda ko‘p odamlar qahva bilan taqqoslaganda yashil choyni ichganda ancha barqaror energiyaga ega bo‘lishadi.

Yuqoridagi fikrlarga tayangan holatda hech ikkilanmay ko‘k choy ichish salomatlik uchun foydali degan xulosaga kelish mumkin.

Manzura Sayfiddinova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: foydali xususiyat, EGA, Ko‘k choy, qanday | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя