Главная » 2021 » Июнь » 7 » Ko‘k choy tarkibida koronavirusga qarshi samarali modda bor — olimlar
13:15

Ko‘k choy tarkibida koronavirusga qarshi samarali modda bor — olimlar


Suonsi universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari ko‘k choy tarkibida COVID-19 ga qarshi kurashda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddani topdilar. Bu haqda RSC Advances jurnalida chop etilgan tadqiqotda so‘z boradi.

Mutaxassislar virusning ayrim tarkibiy qismlariga ta’sir qilish orqali SARS-CoV-2 infeksiyasini yengishi mumkin bo‘lgan narsalarni aniqlash uchun turli xil fitokimyoviy moddalarning tuzilishini tahlil qildilar. 132 ta modda tanlab olingan va koronavirusning asosiy proteazasi bilan ta’sir o‘tkazish uchun sinovdan o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan ikkitasi - sinnamtannin-V va gallokatexin gallat koronavirusning asosiy proteazasini eng samarali blokirovka qiladigan fito birikmalar bo‘lib chiqdi.

Beshta qoidaga binoan aralashma og‘iz orqali qabul qilish uchun mos keladigan bir qator molekulyar xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak, masalan, beshta donorning vodorod aloqasi yoki o‘ndan ko‘p bo‘lmagan akseptorli vodorod aloqasi. Gallokatexin gallat beshta qoidaga javob berganligi sababli, qo‘shimcha tahlil uchun birikmaning o‘zi va uning analoglari olingan.

Olimlarning ta’kidlashicha, gallokatexin COVID-19 ni oldini olish yoki davolashda klinik jihatdan samarali va xavfsiz ekanligini aniqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: tarkibida, Olimlar, Ko‘k choy | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя