Главная » 2021 » Март » 30 » Ko‘p esnash orqali namoyon bo‘ladigan 7 kasallik
12:20

Ko‘p esnash orqali namoyon bo‘ladigan 7 kasallik


Esnash – bu beixtiyor refleks, unga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Ammo juda tez-tez esnash ham jiddiy kasalliklarning rivojlanishidan haqida ogohlantirishi mumkin. Shuning uchun buni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Xo‘sh, ko‘p esnash natijasida qanday kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin?

Depressiya

Ikki sabab tufayli tez-tez esnash depressiyaga olib kelishi mumkin. Bu stress gormoni – kortizolning ko‘tarilishi yoki antidepressantlarni qabul qilishdir. Ba’zi dorilar serotonin miqdorini oshiradi, bu esa doimiy charchoq hissi paydo bo‘lishiga olib keladi.

Vahima hissi

Kuchli tashvishlanish ko‘pincha yuqori stress va qonda kortizol darajasining ko‘tarilishi bilan birga keladi. Bundan tashqari, energiya darajasining pasayishi ko‘pincha tashvishlanish, shuningdek, yurak muammolari bilan birga kuzatiladi. Bularning hammasi tez-tez esnash orqali namoyon bo‘ladi.

Yurak kasalliklari

Yurak qon-tomir tizimining ayrim kasalliklariga hamroh bo‘ladigan past qon bosimi va yurakning sekin urishi tez-tez esnashga olib kelishi mumkin. Albatta, o‘z-o‘zidan esnash hech narsani anglatmaydi, ammo agar u boshqa alomatlar bilan birga kelsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Insult

Insultga yaqinda chalingan bemorlar tez-tez esnaydi. Shifokorning fikriga ko‘ra, bu jarayon xuruj vaqtida miya va tana haroratining qizishini tartibga solishga yordam beradi. Ammo kasallikdan oldin ham esnoq kuzatilishi mumkin. Shu tarzda tana xurujdan darak berishi mumkin.

Skleroz

Ushbu holatda miya va tananing qolgan qismi o‘rtasidagi aloqa buziladi. Agar ishora, chaynash, yuz mushaklarining harakatlarini tartibga solish qiyinlashsa, nazoratsiz va tez-tez esnash kuzatiladi.

Jigar faoliyatining buzilishi

Jigar faoliyatining buzilishi gormonal muvozanatga tasir o‘tkazadi. Natijada o‘z-o‘zidan uyquchanlik va charchoq hissi paydo bo‘ladi va esnashni keltirib chiqaradi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Kasallik, namoyon, esnash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя