Главная » 2021 » Январь » 29 » Ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun qancha soliq to‘lanishi ma’lum qilindi
17:10

Ko‘p qavatli uylar oldidagi avtoturargoh uchun qancha soliq to‘lanishi ma’lum qilindi


Avval xabar berganimizdek, 2021 yildan boshlab, jismoniy shaxslarning ko‘p qavatli uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari mol-mulk solig‘i ob’ektlari qatoriga kiritildi.

Kadastr organi avtomashina turar joylarining kadastr qiymatini belgilaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Shodiyor Ahmedov ma’lum qildi.

Avtomashina turar joylari uchun xuddi jismoniy shaxs turar uy-joyi uchun to‘lanadigan mol-mulk solig‘i stavkasida, ya’ni kadastr qiymatidan 0,23 foiz stavkada to‘lanadi.

Masalan, avtomashina turar joyining kadastr qiymati 11 mln so‘m. Avtomashina turar joyining yillik mol-mulk solig‘i miqdori — 11 mln so‘m x 0,23 foiz = 25 300 so‘mni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, oldingi yillarda jismoniy shaxslar ushbu noturar joylar uchun yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan stavkada (2 foiz) mol-mulk solig‘ini to‘lar edi. Ya’ni, 11 mln dan 2 foiz = 220 ming so‘m (9 baravar ko‘p).


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: i uylar, soliq, Ko‘p qavatl, avtoturargoh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя