Главная » 2020 » Ноябрь » 12 » Ko‘p terlash xavfli kasallik alomati ekanligi aniqlandi
11:07

Ko‘p terlash xavfli kasallik alomati ekanligi aniqlandi


Hech qanday sababsiz ko‘p terlash — Parkinson kasalligidan darak beruvchi keng tarqalgan alomatlardan biri. Bu haqda Amerika Parkinson kasalligi assotsiatsiyasiga tayanib «Express» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, alomatlar odatda sekin-asta rivojlanadi va arzimasdek ko‘rinadi.

Haddan tashqari ko‘p terlash, mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tananing asosan tepa qismida kuzatiladi. Agar o‘zingizda ushbu alomatni payqasangiz, shifokorga murojaat qiling.

Parkinson xastaligi — markaziy nerv tizimining sekin rivojlanib boruvchi degenerativ kasalligi bo‘lib, asosan gipokineziya, mushaklar qattiqlashishi, tinch holatda titrash va postural buzilishlar singari harakat buzilishlari bilan ifodalanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: xavfli, aniqlandi, Kasallik, alomati, terlash | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя