Главная » 2018 » Июнь » 9 » Ko‘p uyqu o‘lim xavfini oshiradi
10:07

Ko‘p uyqu o‘lim xavfini oshiradi


Yaponiyalik olimlar 60 yoshdan oshgan kishilarning qushuyqusi yoki haddan ziyod ko‘p uxlashi o‘lim xavfining oshishiga olib kelishini aniqlashdi. Bu haqda «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Mutaxassislarning shu haqdagi maqolasi «Journal of the American Geriatrics Society»da chop etildi.

Tadqiqotda 1517 kishi qatnashdi va 10 yil mobaynida ularning uxlashi kuzatib borildi. Bu muddatda 294 nafar ko‘ngillining aqli zaiflashgan, 282 nafari esa hayotdan ko‘z yumgan.

Kam yoki ko‘p uxlash yosh va jins o‘rtasida farq qilishi mumkin. Shu bois har kim qancha uxlashini o‘zi nazorat qilib borishi tavsiya etiladi. Masalan, 5 soatdan kam yoki 10 soatdan ko‘p uxlaydiganlar oromini 6 yoki 9 soat qilib belgilashi mumkin.

O‘tgan oy Shvesiyaning Stokholm universiteti olimlarining maqolasi chop etildi. Unda yozilishicha, dam olish kunlari me’yoridan ko‘p uxlash kelgusidagi uyqularga kompensatsiya bo‘lib, o‘lim xavfini kamaytirar ekan. Shu bois 65 yoshdan kattalar uchun qisqa muddatli uyqu kifoya ekan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: ko‘p, xavfini, o‘lim, oshiradi, uyqu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя