Главная » 2020 » Август » 21 » Ko‘z nurini yaxshilovchi 9 mahsulot
21:18

Ko‘z nurini yaxshilovchi 9 mahsulot


Ko‘z  shifokori Andrey Sorokin o‘z blogida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun rasionga kiritilishi kerak bo‘lgan foydali mahsulotlarni sanab o'tdi:

Ismaloqning  muhim ustunligi - unda antioksidant lyuteinning mavjudligidir. Ushbu  modda  ko‘zlarni quyosh nurining zararli ta’siridan himoya qiladi. Shuningdek,  ismaloq tarkibida foliy kislotasi, beta-karotin, C, K vitaminlari, B guruhi vitaminlari, magniy va  kaliy  ham mavjud.

Chernika antioksidantlar, A, C vitaminlari va ruxga boy, ular yorug‘lik past sharoitlarda ko‘rishni moslashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, rezavorda katarakt rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi YE vitamini mavjud.

Tuxum  sarig‘i ikki antioksidant- lyutein va zeaksantinlarning  ajoyib manbasi. Ikkala pigment ham ko‘zlarni oziqlantirishga  yordam beradi,  shuningdek,  to‘r pardasini shikastlanishdan himoya qiladi. Bundan tashqari, tuxumda A, B2, B5, B12 va YE vitaminlari, shuningdek foliy kislotasi, selen, kalsiy, temir, kaliy, rux, magniy, to‘liq proteinlar mavjud. 

Zaytun moyi  tarkibida  foydali to‘yinmagan yog‘ kislotalarga qo‘shimcha ravishda  A va YE vitaminlari mavjud. Birinchisi ko‘rishni yaxshilaydi, ikkinchisi ko‘zlarga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Oz miqdordagi zaytun moyini iste’mol qilish ayniqsa retinal kasalliklarga chalingan insonlar uchun tavsiya etiladi. 

Yog‘li baliq,  ayiqsa losos, tunes, skumbriya kabi baliqlar ko‘z to‘r pardasi uchun zarur bo‘lgan to‘yinmagan omega-3 yog‘ kislotalarining ajoyib manbaidir. Omega-3 yetishmasligi quruq ko‘z sindromini keltirib chiqarishi mumkin. Agar siz baliqni yoqtirmasangiz, yog‘ kislotalarini zig‘ir yoki zaytun moylaridan topishingiz mumkin.

Bodom tarkibida  E vitamini ko‘p miqdorda.  Bu to‘r  pardasi  emirilishining  oldini oladi.

Pomidor S vitamini va likopen manbai hisoblanib, keksalarda ko‘rish  qobiliyati pasayishini  to‘xtatadi. Yangi pomidorlarni zaytun moyi bilan birga iste’mol qilish ko‘z uchun juda foydali. 

Sabzi beta-karotinga eng boy sabzavotlardan. Uning tarkibidagi A vitamini  alohida e’tiborga loyiq: u to‘r pardasi degenerasiyasi xavfini 50 foizga kamaytiradi va ko‘zlarni namlaydigan modda ishlab chiqarishni ko‘paytiradi.

Brokkoli  ko‘z yaxshi ko‘rishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga - lyutein, zeaksantin, B2, C vitaminlariga, shuningdek kuchli antioksidant-sulfforafanga boy. Ushbu moddalar ko‘rish qobiliyatini yoshga bog‘liq kasalliklardan himoya qiladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: yaxshilovchi, Ko‘z nurini, 9 mahsulot | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя