Главная » 2020 » Сентябрь » 6 » Ko‘z oldi nega qorong‘ilashadi va bu nimasi bilan xavfli?
17:46

Ko‘z oldi nega qorong‘ilashadi va bu nimasi bilan xavfli?


Balki, bu shunchaki qo‘rquvdir.

Ko‘z oldi qorong‘ilashishi hushdan ketish mumkinligidan darak beradi. U aksariyat hollarda miyadagi qon bosimi keskin tushishi tufayli yuzaga keladi. Miya kerakli darajadagi ozuqa moddalari va kislorodni qabul qila olmaydi va ko‘rish organlari tomonidan uzatilgan ma'lumotlarni to‘g‘ri tahlil qila olmaydi.

Ko‘p holatlarda organizm qon aylanishini juda tezlik bilan tiklay oladi. Shuning uchun ham ko‘zlar atigi bir necha soniyaga qorong‘ilashadi: masalan, juda uzoq harakatsiz o‘tirishdan so‘nggi keskin qo‘zg‘alishda. Ammo ba'zida muammo jiddiy bo‘lishi ham mumkin.

Qachon tez yordam chaqirish kerak

Holsizlik holati hushdan ketish xavfini tug‘diradi. Bu shuni anglatadiki, inson muvozanatni yo‘qotib yiqilishi mumkin - qattiq yuzaga yiqilish esa miya chayqalishiga olib kelishi ehtimoli bor. 

Bundan tashqari, agar qon aylanishi jiddiy va ko‘p vaqt davomida buzilgan bo‘lsa, miya to‘qimalari o‘lishni boshlashi mumkin. Bu esa o‘ta xavfli. 

Agar yon-atrofda kimdir hushidan ketib, bir necha daqiqada o‘ziga kelmasa - darhol 103 raqamini tering.

Ko‘z oldi qorayishi bir necha daqiqada o‘tmasa ham, tez yordam chaqirish kerak. 

Nima uchun u ko‘z oldi qorong‘ilashadi?

Bu savolga darhol javob berishning iloji yo‘q. Ta'siri ko‘pincha bir-birini chaqiradigan o‘nlab yoki hatto yuzlab turli omillar miyada qon aylanishi bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Ko‘zlar qorayishining eng keng tarqalgan sabablari quyida keltiriladi. 

Ortostatik gipotenziya

Miyadagi arterial qon bosimining pasayishi shunday ataladi, u o‘tirgan yoki yotgan joydan tezda turganda yoki shunchaki uzoq vaqt tik holatni saqlab qolganda paydo bo‘ladi. Qon tortishish kuchi ta'siri ostida oshqozon va oyoqlarga tomon zudlik bilan harakatlanadi va shunga mos ravishda miyadan chiqib ketadi.

Odatda, tanamiz bunga darhol javob qaytaradi: yurak tezroq urishni boshlaydi, qon oqimi kuchayadi va shu bilan birga tomirlar torayadi. Umuman olganda, bosim bir necha soniya ichida barqarorlashadi va hatto sog‘lom odam buni payqashga ham ulgurmaydi. Ammo tik turganda bosim barqarorlashini sekinlashtiradigan omillar mavjud. Bu:

  • Suvsizlanish. Tanada namlik yetishmovchiligi kuchli terlash bilan kechuvchi diareya, yuqori harorat, qusish, faol jismoniy yuklama sababli sodir bo‘ladi. Biroz suvsizlanish bilan ham ko‘z oldi qorong‘ilashishi mumkin. 
  • Haddan tashqari isish. Issiqlikdan charchash - quyosh urishi alomati - tomirlar spazmini keltirib chiqaradi (bu esa ular miya buyruqlariga o‘z vaqtida javob bera olmasliklarini va bosimni tenglashtira olmasligini anglatadi) va aynan suvsizlanish bilan birga keladi. 
  • Qondagi shakar darajasi pasayishi. Gipoglikemiya to‘yib ovqatlanmaslik, och qoringa jismoniy mehnat qilish yoki mador qurishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. 
  • Keragidan ortiq ovqatlanish. Ba'zi odamlarda ovqat tanovulidan keyin qon bosimi keskin pasayadi. Bu ko‘pincha qariyalarda uchraydi. 
  • Anemiya. 
  • Homiladorlik.
  • Spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish.
  • Ba'zi dorilarni qabul qilish. Ro‘yxat keng: bular diuretiklar, antidepressantlar, gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun dorilar, antipsixotiklar, miorelaksantlar va boshqalar.
  • Signallarning asab tolalari bo‘ylab tarqalish tezligiga va moddalar almashinuvi tezligiga ta'sir ko‘rsatadigan ayrim kasalliklar. Bularga gormonal kasalliklar (diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, menopauza yoki o‘spirinlik davrida tanadagi keskin gormonal o‘zgarishlar), neyropatiya va Parkinson kasalligi kabi asab tizimi buzilishi kiradi.
  • Zaharlanish. Shu jumladan maishiy yoki is gazidan. 
  • Dengiz sathidan sezilarli balandlikda bo‘lish.

Vazomotor behushlik

Bu holatda gap asab tizimining ba'zi bir qo‘zg‘atuvchilarga yetarlicha reaksiya bermasligi tufayli kelib chiqadigan holdan toyish va hushdan ketish haqida bormoqda. Bunday qo‘zg‘atuvchiga duch kelinganda, tana yurak urishi va qon bosimini keskin pasaytirishi bilan javob beradi (shuning uchun ba'zida vazomotor hushdan ketish neyrokardiogen deb ataladi). 

Qo‘zg‘atuvchilar individualdir, ammo quyidagilar eng keng tarqalgan. 

  • Kuchli hissiy stress.
  • Uzoq muddatli stress. 
  • Qo‘rquv. Masalan, imtihondan, jazo yoki boshqa jismoniy ta'sir oldi qo‘rquvi: stomatolog stulidagi, qon topshirish zaruriyati paytidagi. 
  • Qon turi.
  • Kuchli jismoniy yuklama. Masalan, kuchanish.

Yurak-qon tomir muammolari

Ba'zan ko‘z oldi yurak muammolari tufayli qorong‘ilashishi mumkin. Agar organ uzilishlar bilan ishlasa, uning miyaga qon yuborishi qiyinlashadi. Muntazam zaiflik, bosh aylanishi, loyqalashgan ko‘rish qobiliyati quyidagilardan darak beradi: 

  • aritmiya; 
  • yurak yetishmovchiligi; 
  • yurak klapanlari ishidagi muammolar.

Ko‘z oldi qorong‘ilashsa, nima qilish kerak?

Bu ushbu holatni qanchalik tez-tez boshdan kechirishingizga bog‘liq. Bir martalik, qisqa muddatli holat - masalan, ish stolidan keskin turganda yoki biroz qizib ketishda - bu xavfsizdir. Agar o‘zini his qilish qo‘rquvni keltirib chiqarsa, shifokorlar oyoqlarni biroz ko‘tarib yotishni maslahat berishadi. Gravitatsiya qonni miya tomon tez harakatlanishga majbur qiladi, bosim normal holatga keladi va o‘zingizni yaxshi his qilasiz. O‘rningizdan turishga tayyor bo‘lgach, uni keskin harakatlarsiz va asta-sekin bajaring. 

Ammo agar u ko‘z oldi muntazam qorayib tursa - kunda, haftada, oyda bir necha marta, stuldan turishga har safar urinishda yoki aytaylik, eng kichik stressda - bu imkon qadar tezroq terapevtga murojaat qilish uchun sababdir. 

Shifokor sizni tekshiradi, alomatlaringiz, odatlaringiz va qanday dorilarni qabul qilayotganingiz haqida so‘raydi. Qon tekshiruvi va elektrokardiogrammaga zarurat ham tug‘ilishi ehtimoli bor. 

Tekshiruv natijalariga qarab, mutaxassis bosimning ko‘tarilishidan qanday saqlanish kerakligini tushuntiradi. Ba'zan turmush tarzini ozgina o‘zgartirishning o‘zi yetarli. 

  • Yetarli miqdorda ko‘p suyuqlik iching. Ayollar uchun kuniga 2,7 litr, erkaklar uchun - 3,7 litr. E'tibor bering, suyuqlikni nafaqat suvdan, balki boshqa ichimliklar - sharbatlar, choy, kompotlar va morslardan, shuningdek, suyuq ovqatlardan olish ham mumkin.
  • Oz-ozdan, tez-tez ovqatlaning. 
  • Jismoniy faol bo‘ling. Doimiy mashqlar qon tomirlarini yaxshi holatda saqlashga va yurakni kuchaytirishga yordam beradi. 
  • Alkogoldan saqlaning. 
  • Vitaminli qo‘shimchalarini qabul qiling. Ammo o‘zingizning xohishingizga ko‘ra emas, balki shifokor bilan maslahatlashgan holda. Ko‘pincha, temir va B12 vitamin qo‘shimchalari tavsiya qilinadi. 
  • Ratsioningizga ozgina ko‘proq tuz qo‘shing. Ammo, yana takrorlash lozim, faqatgina terapevt tavsiya qilsa! Tuz qon bosimini oshirishga yordam beradi. Biroq bu sog‘likka ham katta zarar yetkazishi mumkin. Faqatgina malakali shifokor foyda va zarar o‘rtasidagi muvozanatni topishga qodir.
  • Kompressga mo‘ljallangan paypoqlar kiying. 
  • Boshni biroz ko‘targan holda uxlang (baland yostiqda). Bu ertalab osonroq uyg‘onishga yordam beradi.

Agar test natijalariga ko‘ra terapevt biror kasallikdan shubhalansa, u sizni tor mutaxassis - nevropatolog, endokrinolog, kardiologga yo‘naltiradi. Keyingi davolanishni ixtisoslashgan shifokor tayinlaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ko‘z, nimasi bilan, xavfli, oldi, qorong‘ilashadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя