Главная » 2019 » Май » 24 » «Koinot ko‘rki—2020» tanlovida qizlarning ochiq kiyimda chiqishi bekor qilindi
15:03

«Koinot ko‘rki—2020» tanlovida qizlarning ochiq kiyimda chiqishi bekor qilindi


Dunyoning turli burchaklarida «Koinot ko‘rki — 2020» to‘rtinchi xalqaro go‘zallik tanloviga kasting boshlandi. Sputnikning xabar berishicha, yangi mavsumda loyiha o‘z formatini to‘liq o‘zgartirgan va endilikda tanlov go‘zallik tanlovi sifatida emas, balki go‘zallik va ijod festivali sifatida namoyon etadi.

Tanlovda bo‘yi 165 smdan yuqori, 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy-faol qizlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning oilaviy ahvoli ahamiyatga ega emas, ammo farzandi bo‘lgan ayollar festivalda ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.

Ishtirok etishni xohlovchi qizlardan festivalning Beauty of universe saytida anketani to‘ldirish talab etiladi.

Qayd etilishicha, tanlovdagi qizlarning kupalniklarda chiqishlari bekor qilindi, uning o‘rnini ijodiy tanlov egalladi. Tanlov g‘olibalari hay’at a’zolariga turli ilmoqli savollar berishlari, shuningdek, Yer sayyorasi tabiatini asrash hamda dunyoda ezgulik ko‘proq, negativ kamroq bo‘lishi uchun nima qilish lozimligi haqida o‘z videomateriallarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

«2020 yilda ushbu tanlov o‘zining ilk yubileyini nishonlaydi (2015—2020), shu bois xalqaro festival finali Kann, Fransiyada Festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda.


Manba: "zamin.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Qizlar, 2020, ochiq kiyim, Koinot ko‘rki, Koinot ko‘rki—2020 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя