Главная » 2020 » Июль » 17 » Kolumbiyada karantin qoidasini buzganlar o‘ldirilyapti
23:49

Kolumbiyada karantin qoidasini buzganlar o‘ldirilyapti


Kolumbiyada mamlakatda joriy qilingan karantin rejimini buzganlarni o‘ldiruvchi qurolli guruhlar paydo bo‘ldi. Hozirgacha o‘n kishi ularning qurboni bo‘ldi.

Bunday qurolli guruhlar Kolumbiyaning 32 shtatidan 11 tasida paydo bo‘lgan. Guruh a’zolari mahalliy aholini o‘z talablari haqida varaqalar va WhatsApp orqali xabardor qilyapti. Xususan, ular komendantlik soati joriy qilyapti, odamlarning uyidan chiqishiga ruxsat bermayapti, do‘konlarning ish vaqtini qisqartiryapti, hududga chet elliklar va boshqa mintaqalardan kelganlarni kiritmayapti.

Qoidalarni buzganlarga tahdid qilinyapti, ba’zida o‘ldirilyapti. Hozirgacha bog‘da aylanib yurganlar va taqiqlovlarga qarshi bo‘lgan birlashma rahbari o‘ldirildi.

Kolumbiyadagi jamoat tashkilotlari vahima ko‘tarib, hukumatni chekka hududlardagi vaziyatga ta’sir o‘tkaza olmaslikda ayblayapti.

Ma’lumot uchun, Kolumbiya dunyoda koronavirus tarqalishi bo‘yicha 19-o‘rinda bo‘lib turibdi. Mamlakatda 165 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan. Ularning 5 814 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: karantin qoidasini, o‘ldirilyapti, Kolumbiyada, buzganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя