Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Kompyuter sichqonchasining barcha funksiyalaridan xabardormisiz?
16:43

Kompyuter sichqonchasining barcha funksiyalaridan xabardormisiz?


Deyarli har kuni kompyuter sichqonchasidan foydalanamiz. Ammo hamma uning funksiyalarini to‘liq biladi deb ayta olmaymiz

Keling, bugun qo‘limizdagi bu mitti qurilmaning nimalarga qodir ekanligini atroflicha o‘rganib chiqamiz.
 
Biror ma’lumotning kerakli qismini tanlash uchun odatda sichqoncha ko‘rsatkichini matnning boshidan oxirigacha olib borgan holda belgilaymiz, ammo buning soddaroq usuli ham mavjud. Buning uchun Shift tugmasini bosib, sichqoncha (chap tugmasi) bilan kerakli matning boshini belgilaysiz va Shiftni qo‘yib yubormay, sichqoncha bilan matnning tugash qismini bosasiz. 

Agar brauzer sahifasida ishlayotgan bo‘lsangiz kerakli masshtabni Ctrl tugmachasini bosgan holatda sichqoncha g‘ildiragini aylantirish orqali amalga oshirish mumkin. Bu sozlash oynasidan qidirishdan ko‘ra ancha osonroq. 

Sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, kursor turgan so‘z belgilanadi, agar tez-tez uch marta bossangiz, kursor turgan xatboshining hammasi belgilanadi. 

Havolani yangi ichki oynada ochish uchun sichqonchaning chap tugmasini emas, sichqocha g‘ildiragini bosish kifoya qiladi.  

Bir nechta fayllar yoki papkalarni bir vaqtda belgilash uchun Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqoncha bilan keraklilarini belgilab chiqish lozim.

Ko‘pincha biror ma’lumot o‘qiyotganimizda matnning boshi yoki oxirini ko‘rgimiz kelib qoladi. Ana shunda ko‘pchilik sichqoncha g‘ildragini aylantira boshlaydi. Lekin buning oson usuli bor. Shunchaki sichqoncha g‘ildiragining o‘zini bosing, shunda kompyuter oynasida pastga, tepaga ko‘rsatkichi paydo bo‘ladi. Belgi paydo bo‘lganidan so‘ng sichqonchani harakatlantiring. Shunda matnning oxiri yoki boshiga tezlik bilan yetib olasiz. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя