Главная » 2021 » Июнь » 3 » Konditsionerni yoqmasdan avtomobilni sovitishning samarali usullari
23:38

Konditsionerni yoqmasdan avtomobilni sovitishning samarali usullari


Avtomobil bo‘yicha ekspertlar Britaniyaning Daily Express gazetasiga konditsionerni ishlatmasdan oftobda qizib ketgan mashinani sovitish yo‘llarini ma’lum qilishdi.

Maqolada ta’kidlanganidek, issiq kunda idishdagi muzlatilgan suvni sochiqqa o‘rab, bo‘yinning orqasiga o‘rindiqqa suyab qo‘yish mumkin. Bu usul haydovchini jaziramadan qutqaradi. Muz erigandan keyin esa salqin suvni ichsa ham bo‘ladi.

Oftobli ob-havo sharoitida avtoulov mutaxassislari salonga quyosh energiyasi bilan ishlaydigan mini ventilyator o‘rnatishni tavsiya etishadi.

Yuqori haroratga qarshi kurashning yana bir samarali usuli — bu paneldagi havo shamollatgichi ustiga nam sochiqni o‘rnatish. Bu u orqali o‘tadigan havoni sovitishga yordam beradi. Ammo issiq havoda nam mato tez qurib qolishini unutmaslik kerak.

Shuningdek, mualliflar rul va boshqaruv paneliga matoli qoplama kiygizishni, derazalarni tushirib harakatlanishni va mashinani soyada qoldirishni maslahat berishadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: avtomobilni, usullari, samarali, sovitishning, Konditsionerni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя