Главная » 2021 » Июль » 12 » Konor Makgregor uch yarim soatlik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi
17:37

Konor Makgregor uch yarim soatlik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi


Dastin Pore bilan jangda Konor Makgregorning oyog‘i sinib ketgan edi. Bugun Konor uch yarim soat davomida jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, uning katta boldir suyagiga shtift o‘rnatilgan. Kichik boldir suyagi plastina va vintlar bilan fiksatsiya qilingan.

«Hozirgina operatsiyadan chiqdim. Jarrohlik amaliyoti mukammal o‘tkazildi. O‘zimni ajoyib his etyapman. Olti hafta qo‘ltiqtayoqda yuraman va ishga qaytaman. Ketdik!

Barcha qo‘llab-quvvatlayotganlarga rahmat. Bu yovvoyi raund bo‘ldi, ikkinchi raundda nimalardir qilsa bo‘lardi. Lekin bizning biznes ana shunday o‘ziga xos. Oyoq suyagim sinib ketdi. Dastin, nohaq g‘alabani nishonlayver, lekin sen hech narsa qilolmading. Biz yana ko‘tarilamiz, tiklanamiz va har qachongidan kuchli bo‘lib qaytamiz», dedi Makgregor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Konor Makgregor, amaliyotini, boshdan o‘tkazdi, jarrohlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя