Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Konstantin Genich: O‘zbekistonni jahon chempionatiga chiqarish uchun Toshkentga ketyapman!
17:55

Konstantin Genich: O‘zbekistonni jahon chempionatiga chiqarish uchun Toshkentga ketyapman!


Ertaga, 5 sentabr kuni JCh-2018 3-saralash guruh bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Mazkur o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Chunki ayni paytda raqiblar orasida bir ochko farq bor xolos va har ikki jamoaning jahon chempionatiga chiqish taqdiri ertangi kundagi o‘yin natijasiga qarab belgilanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston–Janubiy Koreya uchrashuvini Rossiyaning mashxur sharhlovchilaridan biri hisoblangan Konstantin Genich Toshkentda turib sharhlab boradi.

“O‘zbekistonni JCh-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchib ketyapman”, deya xabar qoldirdi Konstantin Genich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Konstantin Genich “Match TV” telekanali sharhlovchisi hisoblanib, ushbu kanal tasarrufidagi “Futbol” kanallarida Ispaniya chempionati mutaxassisi sanaladi.

Uchrashuv “Sport TV” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvni o‘zbekistonlik taniqli sharhlovchi Murod Rizaev ham sharhlab boradi.

Shuningdek, bugun, 4 sentabr kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasida kechadigan o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 17.30 da “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda olib ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya “A” guruhining 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Eron bilan durang o‘ynadi (0:0). Suriya terma jamoasi esa Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bahsda Janubiy Koreyani mag‘lub etgan taqdirda ham Suriya termasi Eron ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi.

O‘zbekiston–Janubiy Koreya terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv, ertaga 5 sentabr kuni 20:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Jahon, ketyapman!, Konstantin Genich: O‘zbekistonni, chiqarish, chempionatiga, Toshkentga, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя