Главная » 2020 » Июнь » 16 » Koronavirus aholi orasida eng ko‘p aniqlanayotgan 4ta hudud ma'lum qilindi
22:35

Koronavirus aholi orasida eng ko‘p aniqlanayotgan 4ta hudud ma'lum qilindi


Qashqadaryoda davolanayotgan 51 bemordan 48 nafari aholi orasidan aniqlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kungi videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik vaziyat haqida to‘xtalib o‘tdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 2 haftada:

  • Toshkent shahrida aniqlangan 551ta holatning 482tasi;
  • Toshkent viloyatidagi 734ta holatning 79tasi;
  • Navoiy viloyatidagi 108ta holatning 83tasi;
  • Qashqadaryo viloyatidagi 51ta holatning 48tasi aholi orasida aniqlangan.

Shuningdek, so‘nggi ikki haftada kasallanganlar orasida yuqish manbayi noma'lum bo‘lib qolayotganlar soni:

  • Toshkent shahrida 57ta;
  • Toshkent viloyatida 22ta;
  • Navoiy viloyatida 25ta;
  • Qashqadaryo viloyatida 3tani tashkil etadi.

«Bularning barchasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora murakkab tus olib borayotganini ko‘rsatib turibdi. Bugun pandemiyaga qarshi kurashda hushyorlik va mas'uliyatni bir karra emas, o‘n karra oshiradigan yangi bosqich boshlanmoqda, desak to‘g‘ri bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
 

Prezident Respublika maxsus komissiyasiga pandemiya sharoitida karantin qoidalariga rioya etilishini ta'minlamagan hududlar, korxona va tashkilotlar rahbarlariga javobgarlikni oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Kerak bo‘lsa, rahbarlarni ham ishdan olishga majbur bo‘lamiz. Nimaga desangiz, bu odamlarning xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq», – dedi u.

Davlat rahbari faoliyatini qayta boshlayotgan korxonalar, bozorlar va savdo majmualarida dezinfeksiya ishlarini, sanitariya nazoratini kuchaytirish kerakligini ta'kidladi.

«Aholiga xizmat ko‘rsatadigan, bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha muassasalar xodimlarini koronavirus bo‘yicha muntazam testdan o‘tkazish amaliyotini kengaytirishimiz kerak», – dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, avvaliga Qashqadaryo viloyatida 6ta kasallanish holati qayd etilib, 1 may kuni ulardan so‘nggisi tuzalib chiqqan va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ammo 5 iyundan buyon viloyatda 51 kishida Covid-19 aniqlandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hudud ma'lum qilindi, eng ko‘p aniqlanayotgan, aholi orasida, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя