Главная » 2020 » Март » 3 » Koronavirus aniqlangan joyga 100 metr qolganda ogohlantiruvchi maxsus mobil ilova yaratildi
20:55

Koronavirus aniqlangan joyga 100 metr qolganda ogohlantiruvchi maxsus mobil ilova yaratildi


Janubiy Koreya hukumati koronavirus aniqlangan joyga 100 metr qolganda telefonga ogohlantirish xabarnoma beruvchi maxsus mobil ilovasini ishga tushirdi.

Mobil dasturni telefonga o‘rnatib olganlarga koronavirus aniqlangan joyga 100 metr qolganda telefonga ogohlantirish xabarnomasi keladi.

Tina3D bosh direktori Baye In-Sokning aytishicha, "Corona 100m – bu Google Play internet do‘konida ro‘yxatdan o‘tgan ilova"dir.

ICT Tina 3D kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Corona 100m (yana bir nomi – Cobag) dasturi Google Store’da chiqarilgan kundan boshlab 500 000 dan ortiq yuklab olishlarni qayd etdi.

Ushbu ilova orqali smartfoni foydalanuvchisini, shuningdek, 100 metr radiusda koronavirus ro‘yxatga olingan yoki yo‘qligini 3D xarita yordamida tekshirish mumkin.

Bundan tashqari, Koreya, Xitoy va chet ellarda bemorlarning statistikasi Kasalliklarni nazorat qilish markazlari va JSST tomonidan taqdim etiladi.

Tina3D tomonidan ishlab chiqilgan va chiqarilgan Corona 100m’ni Google Play internet do‘konidagi "Cobag"ni qidirish yoki quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя