Главная » 2020 » Январь » 29 » Koronavirus banandan yuqishi mumkinmi? Sog‘liqni saqlash vazirligi izoh berdi
19:15

Koronavirus banandan yuqishi mumkinmi? Sog‘liqni saqlash vazirligi izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga kirib kelganligi, jumladan, Jizzax va Buxoro viloyatlarida tarqalganligi haqidagi xabarlar haqiqatga mutlaqo zid, deb ma’lumot bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
SSV meva-sabzovotlar, jumladan, banandan ushbu virus yuqishi mumkinligi haqidagi “mish-mish”larga ham izoh berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epedemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassisi Qamariddin Boqiyevning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga xorijdan kirib kelgan meva-sabzavotlar, xususan, bananlar Vazirlar Mahkamasining sertifikatlashtirish tartibiga oid 318-sonli qaroriga asosan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasi tomonidan fitosanitariya xulosasi beriladi. Keyin Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tarkibidagi Sanitar-epedimiologik xulosalar berish bo‘limlarida xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshirilib, sanitar-epedemiologik xulosa taqdim etiladi. Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligidan muvofiqlik sertifikati olingach, xorijdan keltirilgan meva-sabzovotlar sotuviga ruxsat beriladi.

Xo‘sh, meva-sabzavotlardan koronavirus yuqishi mumkinmi?

“Xitoydagi xavotirli epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda, qator oziq-ovqatlar, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha ham turli tekshiruvlar olib borilyapti. Lekin bu ilmiy jihatdan hali isbotlanmagan. Ayni paytda koronavirus yuqishiga turli hayvonlar va dengiz mahsulotlari sabab bo‘layotgani taxmin qilinmoqda. Ammo aynan qaysi biridan yuqishi mumkinligi haqida ham aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. Umuman olganda, meva-sabzavotlarni yuvmasdan yeyish qaysidir kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. Biroq aynan meva-sabzavotlar iste’moli sabab qandaydir virus yuqtirish holatlari hali kuzatilmagan”, deydi Qamariddin Boqiyev.

Virus kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda

Ushbu koronavirus infeksiyasiga qarshi O‘zbekistonda kerakli barcha choralar ko‘rilmoqda. Xususan, mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя