Главная » 2020 » Май » 13 » Koronavirus bemorlari ko‘payishiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:46

Koronavirus bemorlari ko‘payishiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimi ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


34 nafar odamga koronavirus yuqishida sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatdagi tibbiy muassasalarning birida bo‘lim mudiri vazifasida ishlab kelayotgan fuqaro X.D. joriy yilning 20 aprel kunidan sog‘lig‘ida o‘zgarish boshlanib, o‘zida yo‘tal, tana haroratining 39 S gacha ko‘tarilishi, nafas qisishi kabi koronavirus infeksiyasi belgilarini his qilgani holda uy sharoitida davolana boshlagani aniqlangan.

Natijada, X.D. u bilan doimiy muloqotda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolagan bemor va hamkasblaridan 11 nafariga, ular orqali yana 23 nafar shaxsga COVID-19 infeksiyasi yuqishiga sababchi bo‘lgan.

2020 yil 12 may kuni X.D. ga nisbatan JKning 257-1-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalari buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, X.D. orqali kasallik yuqtirgan jami 34 nafar shaxsning barchasi karantinga olinib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bemorlari, ustidan, qo‘zg‘atildi, tibbiyot xodimi, Koronavirus, ko‘payishiga, jinoyat ishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя