Главная » 2020 » Март » 20 » Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi?
21:32

Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi?


COVID-19 koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonga kirib kelgach, ijtimoiy tarmoqlarda turli-tuman mish-mishlara avj oldi. Isiriqning virusga qarshi davo bo‘lishi, koronavirusga chalinganlarning bepusht bo‘lib qolishi shular jumlasidan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bu kabi mish-mishlarga aniqlik kiritdi. Xususan, u bepushtlik masalasiga quyidagicha izoh berdi.

“Yo‘q. Bunday ma’lumot yo‘q. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ham bunday xulosaga kelishmagan. Menimcha, ta’siri yo‘q”, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.

U Isiriqning virusga davo ekani haqidagi ma’lumotni rad etgan bo‘lsa-da, uning boshqa foydalari mavjudligini aytib o‘tdi.

“Isiriq ushbu kasallikka qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam bermaydi, lekin foydali jihatlari ko‘p. 

Isiriq nafas yo‘llarini tozalaydi va odamda aksirishni keltirib chiqaradi. Aksirganda nafas yo‘llarida turib qolgan turli changlar tashqariga chiqib ketadi”, dedi Bahrom Almatov.  

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 33 nafarga yetdi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя