Главная » 2020 » Апрель » 25 » Koronavirus bilan kurashish uchun O‘zbekiston Jahon bankidan juda katta moliyaviy yordam oladi
14:09

Koronavirus bilan kurashish uchun O‘zbekiston Jahon bankidan juda katta moliyaviy yordam oladi


Jahon banki koronavirus pandemiyasining O‘zbekiston fuqarolari salomatligi va farovonligiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun $95 million moliyalashtirish dasturini tasdiqladi. Loyiha mablag‘lari milliy sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilashga, shuningdek, pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqirozdan aziyat chekkan kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

“Jahon bankining moliyalashtirishi xalqaro rivojlanish bo‘yicha hamkorlar koalitsiyasi tomonidan tashkil etilgan aholini pandemiya xavfidan himoya qilishda hukumatga ko‘rsatilayotgan yordamning bir qismi sifatida taqdim etiladi“, deydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyiha doirasida Jahon banki ko‘magi bilan koronavirus infeksiyasining oldini olish, uning profilaktikasi va tarqalishini nazorat qilish uchun milliy sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga $38 million sarflanadi. Ushbu mablag‘lar shaxsiy himoya vositalarini, dori-darmonlarni va hayotiy zarur tibbiy asbob-uskunalarni, shu jumladan o‘pkani sunʼiy nafas berish qurilmalarini sotib olishda, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaydigan shifoxonalarni jihozlash uchun ham ishlatiladi.

Loyiha bo‘yicha $57 million atrofidagi mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ishsiz fuqarolarga bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturlarini kengaytirish uchun sarflanadi.

“Men shifokorlarga, hamshiralarga va bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashning boshida turganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘zlarini xavf ostiga qo‘yib, ular boshqalarning hayotini saqlab qolishmoqda. Keling, uyda qolib, shaxsiy gigiyena qoidalariga, ijtimoiy masofalanishga va karantin choralariga rioya qilgan holda, ularga kasbiy burchlarini bajarishda yordam beraylik“, deya ta’kidladi Xideki Mori.

Ma’lumot uchun, Jahon banki guruhi (JBG) rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eng katta moliyalashtirish va bilim manbalaridan biri bo‘lib, ushbu mamlakatlarga pandemiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda yordam beradigan keng ko‘lamli va tezkor tadbirlarni amalga oshirmoqda. Keyingi 15 oy JBG aʼzo davlatlarga $160 milliard miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatib, ushbu mablag‘lar kambag‘al va himoyasiz odamlarni himoya qilishga, biznesni qo‘llab-quvvatlashga va mamlakatlar iqtisodiyotlarini tiklashda ko‘maklashadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, Jahon bankidan, oladi, bilan kurashish, moliyaviy yordam, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя