Главная » 2020 » Июль » 5 » Koronavirus: Bir kunda uchinchi o‘lim qayd etildi, jami o‘lim holatlari soni 34taga yetdi
23:30

Koronavirus: Bir kunda uchinchi o‘lim qayd etildi, jami o‘lim holatlari soni 34taga yetdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovachiligidan vafot etgani haqida xabar berdi.

«Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. (ayol kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagan. 

Joriy yil 3 iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun'iy nafas olish apparatiga ulangan.

Unga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, koma I” tashxisi qo‘yilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: uchinchi o‘lim, 34taga yetdi, bir kunda, Koronavirus, jami o‘lim holatlari soni, qayd etildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя