Главная » 2020 » Февраль » 10 » Koronavirus dunyo milliarderlariga ta’sir ko‘rsatmoqda
19:23

Koronavirus dunyo milliarderlariga ta’sir ko‘rsatmoqda


2019-nCoV koronavirusi tufayli Kanadaning "Gooce past" kompaniyasining ijrochi direktori Dani Reissning boyligi keskin kamaydi va milliarderlik maqomini yo‘qotdi. Bu haqda "Forbes" nashri xabar berdi.

Qora kunlar

Koronavirusning kompaniya moliyaviy holatiga ta’siri 2020 yil fevral oyida e’lon qilindi. Xabarga ko‘ra, Gooce aksiyalari 4 foizga tushib ketgan.

Dani Reissning shaxsiy boyligi bir milliard dollardan oshiq edi. Hozirda 874 millionga tushib ketdi. Ilgari u "Forbes" reytingida 1717-o‘rinni egallagan, ammo 2020 yil 9 fevral holatiga ko‘ra u reytingga kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning birinchi choragida 400 dan ortiq kompaniyalar daromadlariga koronavirus salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Epidemiya tufayli aksiyalari narxi tushib ketishi kutilayotgan kompaniyalar orasiga Yum China (uning boshqaruviga Xitoyda faoliyat ko‘rsatadigan  KFC, Pizza Hut va Taco Bell tezkor ovqatlanish restoranlari tarmog‘i kiradi), Louis Vuitton Moet Hennessy va Estee Lauder'lar kiradi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 910 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 40 554 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя