Главная » 2020 » Март » 27 » Koronavirus effektini ikkinchi jahon urushi bilan taqqoslashdi
21:03

Koronavirus effektini ikkinchi jahon urushi bilan taqqoslashdi


Ko‘p yillardagi boshqa inqirozlarga qaraganda koronavirus dunyo iqtisodiyotiga juda tez zarba berdi. Uning qiyosiy ta’siri 2008 yildagi buyuk retsessiya, 11 sentyabr xurujlari, 1973 yilgi neft inqirozi va hattoki ikkinchi jahon urushidan ham kuchliroq bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Hatto ikkinchi jahon urushi ham iqtisodiyotni to‘satdan nokautga uchratmadi. Koronavirus ham global ta’minot zanjirini falaj qilib, dunyoning eng gavjum shaharlaridagi hayotni to‘xtatdi, deb yozadi agentlik.

IHS Markit tahliliy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning asosiy portlarida yuk tashish sezilarli darajada pasaymoqda. Shunday qilib, fevral oyida dunyodagi eng katta Shanxay portida, konteyner tashish hajmi 20 foizga, Gonkong portida esa 11 foizga kamaydi.

AQShning ikkinchi yirik Long-Bich portida esa yuk aylanmasi 9,8 foizga kamaydi. Mart oyida raqamlar yanada yomonlashdi: masalan, AQShda birinchi beshlikda joylashgan Savannad portida yuk tashish 20 foizga kamaydi. Butunjahon savdo tashkiloti (JST) koronavirusning ta’siri iqtisodiy rivojlanish uchun harbiy ssenariyga o‘xshashligini ta’kidlagan.

Avvalroq, JST rahbari Roberto Azevedo, epidemiya tufayli dunyo iqtisodiyoti, savdo va odamlarning farovonligiga ta’sir qiluvchi og‘ir iqtisodiy pasayish va ish joylarini yo‘qotishlarini keltirib chiqarishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqinlashib kelayotgan iqtisodiy inqiroz 2008 yildagi vaziyatdan kuchliroq bo‘lishi mumkin.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя