Главная » 2020 » Апрель » 2 » Koronavirus epidemiyasi qachongacha davom etadi? Javob berildi
14:51

Koronavirus epidemiyasi qachongacha davom etadi? Javob berildi


Bugun, 2 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida navbatdagi brifing tashkil etildi. Unda Nurmat Otabekov koronavirus epidemiyasi qachon to‘xtashi haqidagi savolga javob berdi.

“Bu borada mutaxassislar prognozlari turlicha. Gap shundaki, biz shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan infeksiyaga duch kelyapmiz.

Lekin bu kasallikni 2002 yilda atipik pnevmoniya epidemiyasi chaqirgan og‘ir respirator sindrom (SARS) bilan solishtirib ko‘rilsa, vaziyat bir necha oy davomida xavfli bo‘lib turishini taxmin qilish mumkin. Chunki, SARS sababi ham koronavirus, faqat boshqa tipdagisi bo‘lgan”, dedi Otabekov.

Shuningdek, Otabekov koronavirusning issiq havoga chidamsizligi to‘g‘risidagi savolga javoban shunday dedi:

“Bu masalaga yaqin oylar javob bera oladi. Agar virus mavsumiy xarakterga ega bo‘lsa, uning keyingi ommaviy tarqalishi kuzda yuz berishi mumkin. Biroq ko‘plab olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar, koronavirus -2...+9 daraja oralg‘ida tez tarqalishini ko‘rsatdi. Demak, koronavirus infeksiyasi yilning sovuq davriga xos. Shuning uchun, issiq kunlar kelishi bilan, ushbu epidemiya to‘xtaydi”.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя