Главная » 2020 » Февраль » 16 » Koronavirus epidemiyasi tarqalishi fonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim ilk marotaba jamoatchilikka ko‘rinish berdi
15:22

Koronavirus epidemiyasi tarqalishi fonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim ilk marotaba jamoatchilikka ko‘rinish berdi


Shimoliya Koreya yetakchisi Kim Jong In koronavirus tarqalishi fonida 22 kunda ilk marotaba jamoatchilikka ko‘rinish berdi. Shanba kuni u mamlakatning sobiq yetakchisi Kim Jong Ilning tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning maqbarasiga tashrif buyurgan. Bu haqda mamlakat OAVsiga tayanib Reuters xabar bermoqda.

Kim Jong In Pxenyandagi Kumsusan Quyosh saroyida sobiq yetakchining xotirasiga hurmat bajo keltirdi, u oxirgi marta 25 yanvarda Yangi yilni nishonlash marosimida qatnashganidan beri jamoatchilikka ko‘rinmay kelayotgan edi.

Shimoliy Koreyada koronavirus bilan og‘rigan bemor qayd etilmagan, ammo davlat OAVsining xabar berishicha, koronavirus belgilari sezilgan fuqarolar uchun karantin muddati 30 kun qilib belgilangan.

Avvalroq Xitoyga tashrif buyurgan Shimoliy Koreya savdo vakili koronavirus tufayli otib tashlanganligi haqida xabar berilgan edi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя