Главная » 2020 » Февраль » 19 » Koronavirus Erongacha yetib bordi. U bilan kasallangan 2 kishi vafot etdi
23:51

Koronavirus Erongacha yetib bordi. U bilan kasallangan 2 kishi vafot etdi


Eronda yangi turdagi koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi. Unga chalingan 2 kishi vafot etdi.

Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahonpur ma'lum qildi. 

Avvalroq Eronda koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinayotganlar borligi ma'lum qilingan, biroq rasmiylar buni tasdiqlashmayotgandi. 
 
“Afsuski, ikki yoshi katta odam vafot etdi”, deb yozgan Jahonpur tvitterda. 

U, shuningdek, o‘z sahifasida Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari virusga chalinganlar Eron fuqarolari ekani, ular butun dunyo shialari ziyorat joyi hisoblangan Kum shahridan bo‘lganini ma'lum qilgan videoni joylashtirgan.  

Avvalroq Tehron koronavirus epidemiyasi sababli Xitoy bilan aviaaloqani to‘xtatishga hamda Xitoydan kelayotganlarni karantinga joylashtirishga qaror qilgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя