Главная » 2020 » Октябрь » 6 » Koronavirus faqat yaqin masofadan yuqmasligi aniqlandi
13:41

Koronavirus faqat yaqin masofadan yuqmasligi aniqlandi


Koronavirus faqat yaqin aloqada bo‘lganda emas, balki 1,8 metr masofadan ham yuqishi mumkin. Bu haqda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma'lum qilgan. 

"SOVID-19 bilan kasallanganlar orasida uni 1,8 metr masofadan ham yuqtirib olganlar aniqlangan", deyilgan markaz xabarida. 

Xabar mualliflari bunday holat yopiq, shamollatish darajasi past bo‘lgan xonalarda kuzatilishi mumkinligini aytishgan. Shuningdek, qo‘shiq aytayotganda yoki sport bilan shug‘ullanayotganda ham yuqoridagi holat kuzatilishi mumkin ekanligi ta’kidlangan. 

Olimlarning ta’kidlashicha, koronavirusga chalinganlar tomonidan ma’lum miqdordagi zarrachalar bitta joyga yig‘ilib qoladi. O‘sha zarrachalar boshqa odamning ham kasallikka chalinishiga sabab bo‘ladi. 

Uning uchun zarrachalarning yaqinida bo‘lish shart emas, 1,8 metr masofa ham virus yuqtirib olishga yetarli bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 35 million 415 mingdan oshgan. 1 milliondan ortiq kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: masofadan, Koronavirus, yuqmasligi, aniqlandi, yaqin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя