Главная » 2020 » Май » 5 » Koronavirus! Farzandlarini ochlikdan qutqarmoqchi bo‘lgan ona ularga toshlarni pishirib berdi
12:42

Koronavirus! Farzandlarini ochlikdan qutqarmoqchi bo‘lgan ona ularga toshlarni pishirib berdi


Keniya fuqarosi Penina Baxati aldov orqali o‘z bolalarini ochlik tuyg‘usidan chalg‘itmoqchi bo‘ldi, deb xabar beradi TUKO mahalliy nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, kechqurun ochlikdan sillasi qurigan bolalarning yig‘lashi chidab bo‘lmas holatga keladi va ona bir nechta toshlarni olib, qozonga soladi-da, tagiga o‘t yoqib, farzandlarini ovqat deyarli tayyor bo‘lib qolganligiga ishontirishga harakat qiladi.

Qayd etilishicha, farzandlaridan biri bu yolg‘onnni fosh qilmagunicha ayol ushbu usuldan ikki marta foydalanishga muvaffaq bo‘ladi.

Bundan boshqa chora topolmagan ayolning jurnalistlarga aytishicha, 2019 yilda eridan ayrilgan ona sakkiz farzandining yagona boquvchisi bo‘lib qolgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ilgari Kisaunida og‘ir ishlarni bajargan qizlaridan biri ularga yordam bergan, ammo koronavirus epidemiyasi boshlangandan so‘ng oila shu kam daromadli manbadan ham mahrum bo‘lgan.

Endi Penina va bolalarning hayoti faqat yaxshi niyatga, ularga ovqat beradigan qo‘shnilarga bog‘liq, ammo bu har doim ham bo‘lmaydi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pishirib berdi, Farzandlarini, qutqarmoqchi, ochlikdan, ona, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя