Главная » 2020 » Апрель » 10 » Koronavirus: hamshira AQShdagi ayrim haqiqatlarni oshkor qildi (FOTO)
21:17

Koronavirus: hamshira AQShdagi ayrim haqiqatlarni oshkor qildi (FOTO)


Nyu-Yorkda epidemiyaga qarshi kurashayotganlar orasida rossiyalik Kseniya ham bor, u o‘zining instagramdagi sahifasida ayrim haqiqatlarni oshkor qildi.

Kseniya bugungi kunda yuzlab virus yuqtirgan odamlarni qabul qiladigan Nyu-York klinikasida hamshira bo‘lib ishlaydi. Ayni paytda u tez yordam xonasida ishlamoqda.
 

"Har bir bemor kasalxonaga mening orqamdagi eshiklar orqali kiradi. Men bosimni, haroratni, pulsni, nafas olishni o‘lchayman, shikoyat va alomatlar bor-yo‘qligini tekshiraman, so‘ngra ularni yo virus yuqtirgan bemorlar oldiga, yoki virus aniqlanmasa, kasallik boshqa bo‘lsa, boshqa joyga jo‘natamiz", deydi u.

Qiz koronavirusli bemorlarni qanday alomatlar bilan aniqlayotganini tushuntirdi.

"Men bemorda virus bor yoki yo‘qligini ko‘krak qafasi og‘rig‘i, yo‘tal, nafas qisilishi, zaiflik, titroq kabi alomatlar bilan tekshiraman. Agar bular topilmasa, hid bilishning yo‘qolishi, diareya kabi alomatlarga qarayman. Ammo bu alomatlar kamida 3 kunlik bo‘lishi kerak", — deb yozgan Kseniya.

Shu bilan birga, Kseniya klinikaga nafaqat keksalar, balki 20 yoshdan oshgan har qanday yoshdagi odamlar ham tashrif buyurishini aytdi.

30 martga kelib, u ishlaydigan 12 qavatli kasalxonaga olib kelinadigan bemorlar soni har kuni 15 foizga oshmoqda.

"Ha, faqatgina Nyu-Yorkda deyarli 70,000 ta bemor, ammo hali bu chegara emas. Eng yuqori ko‘rsatkichlar hali oldinda. Koronavirus kulminasiyaga chiqqanidan 2 hafta o‘tib vaziyat yengillashishi mumkin. Shunda ham odamlarda uyda, karantinda o‘tirsalar", dedi hamshira.

Qiz 12,5 soat smenada ishlaydi, ammo hozir ahvol yomonlashdi va sog‘lom hamshiralar yetishmaydi.

"Keyingi 3 hafta davomida men 10 ta qo‘shimcha smenalarni oldim, chunki men ishlaydigan hamshiralar ikkalasi ham kasal bo‘lib qoldilar. Men hozircha sog‘lomman", dedi Kseniya.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: oshkor qildi, AQShda, hamshira, Koronavirus, ayrim haqiqatlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя