Главная » 2020 » Апрель » 12 » Koronavirus haqida xushxabar!
10:48

Koronavirus haqida xushxabar!


Dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 1 777 666 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 108 867 nafarga yetdi. Ammo koronavirus bilan bog‘liq ko‘ngilni g‘ash qiluvchi xabarlar orasida yaxshilari ham yo‘q emas. Gap shundaki, yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasidan 404 372 kishi sog‘aydi. 

Koronavirusdan davolanish bo‘yicha yuqori o‘rinni Xitoy egallab turibdi. Mamlakatda 83 096 bemordan 77 921 nafari davolangan. 
 

Keyingi o‘rinni esa Ispaniya qayd etgan. Koronavirus keng tarqalayotgan Ispaniya zaminida 163 027  bemordan 59 109 nafari sog‘lom hayotga qaytgan. 

Uchinchi o‘rinni Yevropa mamlakatlari orasida tartib va intizom borasida alohida o‘rin tutuvchi Germaniya egallab turibdi. Ushbu mamlakat kasallik qayd etilishi nuqtai nazaridan yuqori o‘rinlarda turgan bo‘lsa ham, o‘lim holati boshqalarga nisbatan ancha past. Mamlakatda 125 452 bemordan 57 400 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 

Eronda kasallanganlarning yarmidan ko‘mi sog‘aygan. Ya’ni 70 029 bemordan 41 947 kishi kasallikni yengib o‘tgan. 

Italiya kasallik qayd etilishi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da sog‘ayish borasida beshinchi o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda 152 271 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Davolanganlar esa 32534 nafarni tashkil etadi. 

Keyingi o‘rinlarni esa AQSH (32 091), Fransiya (26 671), Shveysariya (12 100), Janubiy Koreya (7 368), Kanada (6 650) egallab kelmoqda. 

O‘zbekistonda esa bugungacha koronavirusga chalingan 796 bemor aniqlangan bo‘lib, ulardan 42 nafari sog'lom hayotga qaytdi.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: Koronavirus, xushxabar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя