Главная » 2020 » Июнь » 19 » Koronavirus haqida yana bir shov-shuvli yangilik
17:30

Koronavirus haqida yana bir shov-shuvli yangilik


Koronavirus Milan va Turin oqar suvlarida 2019-yil dekabrdayoq bo‘lgan, degan xulosaga kelishdi Italiya salomatlik oliy instituti (ISS) mutaxassislari.

Olimlar 2019-yil oktyabrdan 2020-yil fevralgacha to‘plangan 40 ta oqar suv namunasini o‘rganishdi.

«Ikkita turli laboratoriyadagi natijalar 2019-yil 18-dekabrda Milan va Turinda hamda 2020-yil 29-yanvarda Bolonyada olingan namunalarda koronavirus RNKsi borligini ko‘rsatdi», — dedi institut vakili Juzeppina La Roza.

Bundan tashqari, joriy yil yanvar va fevral oylarida ushbu shaharlardagi oqar suvlardan olingan materiallarda ham virus izlari topilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilingan Yevropada infeksiya tarqalish xronologiyasini shubha ostida qoldirmoqda.

Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoga tarqaldi. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, jami 8,3 million kishi infeksiyani yuqtirgan bo‘lib, ulardan 450 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Italiya pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan biri sanaladi: respublikaning taxminan 238 ming aholisi virusni yuqtirib olgan, ulardan 34 ming nafari vafot etdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusni yuqtirish holati ilk bor yanvar oyida qayd etilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus haqida, shov-shuvli yangilik | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя