Главная » 2020 » Май » 27 » Koronavirus inson organizmiga ideal moslashib olgani ma'lum qilindi
09:58

Koronavirus inson organizmiga ideal moslashib olgani ma'lum qilindi


Avstraliyalik olimlar guruhi koronavirusning inson organizmiga ideal moslashib olgani haqida so‘zlab berishdi. Ta'kidlanishicha, virus aynan inson hujayralariga eng yaxshi birika oladi va shu sababli undan kasallanganlar soni 5 mlndan oshib ketdi.  

Bu haqda Flinders universiteti professori Nikolay Petrovski ma'lum qildi. 

Olimlar bir qator tirik organizmlarning koronavirusga ta'sirchanligini tahlil qilishgan va unga avval taxmin qilinganidek ko‘rshapalaklar emas, balki aynan insonlar eng ko‘p chalinishga moyilligini aniqlashgan. 

Ularning ta'kidlashicha, viruslarga biror organizmga moslashish uchun odatda muayyan vaqt kerak bo‘ladi, koronavirus esa insonni zararlash uchun darhol ideal mos kelgan. Bu esa koronavirusning “sun'iy kelib chiqqani” haqida savollar paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma'lum qilindi, Ideal, Inson, organizmiga, olgani, moslashib, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя