Главная » 2020 » Апрель » 13 » Koronavirus kirib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi
20:49

Koronavirus kirib bormagan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi


Koronavirus kasalligi (COVID-19) qayd etilmagan mamlakatlar nomlari e'lon qilindi.

Koronavirus epidemiyasi 2019 yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahridan boshlangan. Oradan ko‘p o‘tmay virus shiddat bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqashni boshladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyaga aylanganini 11-mart kuni rasman tasdiqladi. Hozirga kelib dunyo bo‘yicha 1,8 million kishi shu virusni yuqtirgan, qurbonlar soni 114 mingdan oshdi.

Koronavirus hujumidan deyarli hech bir davlat chetda qolmadi, ammo istisonlar ham yo‘q emas, ayrim mamlakatlarda koronavirus rasman qayd etilmagan.

Bular:

  • Turkmaniston;
  • Tojikiston;
  • KXDR;
  • Janubiy Sudan;
  • Lesoto (Janubiy Afrika);
  • Komor orollari (Sharqiy Afrika);
  • San-Tome va Prinsipi (Ekvatorial Afrika);
  • Tinch okeanining turli qismlarida joylashgan mitti mamlakatlar — Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu, Vanuatu, Solomon orollari;
  • Mikroneziya (Okeaniya);
  • Samoa (Polineziya).

«Worldometers» ma'lumotga ko'ra, koronavirus infeksiyasi eng ko‘p AQShda qayd etilgan — 560 mingdan ortiq, vafot etganlar qariyb 22 ming nafar, tuzalib ketganlar 32 mingdan ziyod.

G‘arbiy Yevropa ham koronavirus eng ko‘p tarqagan mintaqa bo‘lib qolmoqda: Ispaniyada 166 ming, Italiyada 156 ming, Fransiyada 132 ming, Germaniyada 127 ming kishi koronavirus bilan kasallangan.


Manba: "xabar.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя