Главная » 2021 » Май » 29 » Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — Britaniyada dalillar bor
22:50

Koronavirus laboratoriyada yaratilgan — Britaniyada dalillar bor


Britaniyalik professor Angus Dalglish va norveg virusologi Birger Sorensen koronavirus sun’iy yaratilgani borasida «dalillar»ni topishganini ma’lum qilishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Ushbu mutaxassislarga ko‘ra, xitoylik olimlar SARS-Cov-2ni Uxandagi laboratoriyada yaratishgan. Keyin esa go‘yoki virus tabiiy paydo bo‘lgan degan tasavvur uyg‘otish uchun «izlarni yashirish»ga urinishgan.

Dalglish va Sorensen Uxanda 2002 va 2019-yillarda olimlar o‘tkazgan sinovlarni tahlil qilishdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, xitoylik olimlar, jumladan, Amerika universitetlari bilan birgalikda SARS-Cov-2 yaratish uchun asbob-uskunalar yasashgan.

Uxanlik olimlar tabiiy kelib chiqishga ega virus inson hujayralarida tez ko‘payishi uchun uning yuquvchanligini oshirishga intilishgan. Bu koronavirusning odamlarga potensial ta’sirini yaxshiroq o‘rganish uchun kerak bo‘lgan. Dalglish va Sorensenga ko‘ra, xitoylik olimlar koronavirus uchun «asos»ni g‘or ko‘rshapalaklaridan olishgan, so‘ngra unga yangi «tig‘»lar o‘rnatib, yuqumli va o‘limkor SARS-Cov-2ni paydo qilishgan. Ikki olim koronavirus «tig‘i»da topgan to‘rtta aminokislotadan iborat qatorning mavjudligi ushbu manipulyasiyadan guvohlik beruvchi yorqin belgidir, deyiladi xabarda.

Norveg virusologi ta’kidlashicha, barcha aminokislotalar musbat zaryadli bo‘ladi. Bu esa virusga insonning manfiy zaryadlangan hujayra qismlariga ohanrabo kabi yopishib olishiga imkon beradi.

«Biroq xuddi ohanrabolar singari, musbat zaryadlangan aminokislotalar ham bir-biridan qochadi, shu bois kelib chiqishi tabiiy viruslarda hatto uchta qatorlisi ham kamdan-kam uchraydi. Bir qatorda to‘rtta aminokislota esa — o‘ta kamyob holat», — deya ta’kidladi Birger Sorensen.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus, Britaniyada, laboratoriyada, yaratilgan, dalillar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя