Главная » 2020 » Февраль » 17 » Koronavirus “o‘chog‘i”da qurbonlar soni kamaya boshladi
20:53

Koronavirus “o‘chog‘i”da qurbonlar soni kamaya boshladi


Xitoydagi yangi koronavirus “o‘chog‘i” Xubey provinsiyasida qurbonlar soni kamaya boshladi. Provinsiya sog‘liqni saqlash mintaqaviy komissiyasining ma’lum qilishicha, so‘nggi bir sutka ichida ushbu hududda 100 kishi vafot etgan.

Shanba kuni koronavirusdan o‘lganlar 139 nafarni tashkil qilgan. Shuningdek, virusga chalinish holati 5 foizga ortib, 1933 nafarga teng bo‘lgan. Yangi bemorlarning 90 foizi Uxan shahridan aniqlangan.

Ma’lumot uchun, Xitoy virusni jilovlash uchun yangi-yangi choralarni qo‘llayapti. Xususan, Xubeyda tez yordam, politsiya, o‘t o‘chiruvchilarning xizmat mashinasidan tashqari boshqa transport vositalarining harakati taqiqlandi.

Virus markazi Uxanda aholi o‘z tumanini ham tark etishi taqiqlandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xubeyda 58 mingdan ortiq koronavirusga chalingan bemor bor. U yerda 1700 ga yaqin odam virusdan halok bo‘lgan.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 28 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya va Misrda aniqlandi.

Bugungacha virusdan halok bo‘lganlar 1775 nafarga, u bilan kasallanganlar 71 334 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя