Главная » 2020 » Июль » 10 » Koronavirus: o‘lim holatining asosiy omillari
11:53

Koronavirus: o‘lim holatining asosiy omillari


Buyuk Britaniyada Oksford universiteti olimlari koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim xavfini oshiruvchi asosiy omillarni sanab o‘tishdi. Bu haqda «Nature» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilingan.
Tadqiqotchilar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati barcha bemorlarining 40 foizi orasida 10 926 ta o‘lim holati va 17 million kishi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishdi.
Olimlarning aniqlashicha, COVID-19 tufayli erkaklar, keksa yoshdagilar va yolg‘iz yashovchi odamlar 1,59 baravar ko‘p vafot etishgan. Bundan tashqari, afrikalik va osiyoliklar orasida ham bunday xavf-xatar yuqori. 80 yoshdan oshgan odamlarda koronavirus infeksiyasidan vafot etish xavfi 50-59 yoshdagi odamlarga qaraganda 20 baravar ko‘p.
Xavfli omillarga, shuningdek, semizlik, diabet, astmaning og‘ir ko‘rinishi va boshqa respirator kasalliklar, surunkali yurak, jigar, nevrologik va autoimmun xastaliklar kiradi. Biroq tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ular har doim ham og‘ir asoratlarga olib kelavermaydi. Buni hisobga olinmagan boshqa klinik omillar bilan ham izohlash mumkin.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя