Главная » 2020 » Июль » 9 » Koronavirus! Ortiqxo‘jayev Toshkent aholisiga murojaat qildi
14:55

Koronavirus! Ortiqxo‘jayev Toshkent aholisiga murojaat qildi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev koronavirus yuzasidan poytaxt ahliga murojaat yo‘lladi.

"Aziz hamshaharlar!

So‘nggi oylar davomida Toshkent shahrida epidemiologik vaziyatlar ijobiy tomonga o‘zgarganligi sababli oilaviy tadbirlar, to‘y-hashamlarning o‘tkazilishiga ruxsat berildi. Ishlab chiqarish korxonalari, qurilish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Xotirjamlikka berilganligimiz, sanitariya va epidemiologiya nazorati talablariga to‘liq rioya etmaganligimiz, to‘ylarni 30 dan ortiq kishilar ishtirokida o‘tkazganimiz, oilaviy boshqa tadbirlarni ham ko‘paytirganimiz, jamoa bo‘lib yig‘ilishlar ortgani kabi karantin talablariga zid bo‘lgan harakatlar oqibatida oxirgi o‘n kunda poytaxtimizda kasallikka chalinish holatlari keskin oshib, kunlik 30-40 tadan o‘rtacha 150-200 tagacha ko‘paydi, o‘lim holatlari ham ortdi.

Koronavirus menga ta’sir qilmaydi, mendan uzoqda degan fikrda bo‘lsak, adashamiz. Xavf ortda qolishi uchun hammamiz sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq amal qilishimiz, beporvolikka yo‘l qo‘ymasligimiz, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasligimiz, jamoa bo‘lib yig‘ilmasligimiz, avvaldan mo‘ljallangan jamoaviy tadbirlarni ortga surishimiz lozim.

Bugun aksariyat xizmatlar, hatto savdo-sotiq ham onlayn yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har birimiz undan unumli foydalanishimiz zarur.

10 iyuldan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Salomatligingizda biror noxushlik va kasallik alomatlarini his qilganingizda befarq bo‘lmang, darhol shifokorlarga murojaat qiling va nazoratda bo‘ling, o‘zingizni yakkalang va zarur muolajalarni o‘z vaqtida ko‘ring.

Koronavirusni jamiyatning birligi, jipsligi va bu borada belgilangan barcha qoidalarga rioya qilishi bilangina yengishimiz mumkin.

Bu masalada bizga yordam bering, salomat bo‘ling.

Hurmatli hamshaharlar!

O‘zimiz, yaqinlarimiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hamda farzandlarimizning hayotiga aslo befarq bo‘lmaylik.

Karantin qoidalariga qat’iy rioya etsak bugungi murakkab vaziyatdan barchamiz tez kunlarda o‘tib olamiz", – deyiladi murojaatda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ortiqxo‘jayev, Toshkent aholisiga, Koronavirus, murojaat qildi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя