Главная » 2020 » Апрель » 27 » Koronavirus pandemiyasi ayrim davlatlarda qachon tugashi ma’lum qilindi
15:43

Koronavirus pandemiyasi ayrim davlatlarda qachon tugashi ma’lum qilindi


Singapurlik analitiklar ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qilishdi. Bu haqda Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.

Ekspertlarning fikricha, Rossiyada 20-iyulda koronavirus tarqalishi nihoyasiga yetadi va yangi holatlar qayd etilmaydi. Analitiklar aytib o‘tgan sana Rossiyada COVID-19 bilan kasallanishlar bo‘yicha mavjud statistika tahlillariga asoslanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 20-mayda umumiy kasallanganlarning 97 foizi aniqlanadi, 28-mayda esa bu ko‘rsatkich 99 foizga yetadi.

Shuningdek, analitiklarning xabariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat AQShda 27-avgustda, Buyuk Britaniyada 14-avgustda, Germaniyada 1-avgustda, Fransiyada 5-avgustda nihoyasiga yetadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum qilindi, qachon tugashi, Koronavirus, pandemiyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя