Главная » 2020 » Май » 10 » Koronavirus pandemiyasi Xitoyga qo‘l kelishi kutilmoqda
14:55

Koronavirus pandemiyasi Xitoyga qo‘l kelishi kutilmoqda


CNBC tomonidan iqtisodchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi bir xil bo‘ldi — deyarli barcha mutaxassislar koronavirus pandemiyasi Xitoyga iqtisodiy va siyosiy jihatdan qo‘l kelishini tasdiqladilar. Xitoy pandemiya tufayli dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlab olishi kutilmoqda.

Pandemiya natijasida Pekin va Vashington o‘rtasida 2017 yilda boshlangan raqobat yanada kuchayishi ehtimoli oshdi. AQSh siyosatchilari, xususan prezident Donald Tramp tomonidan Xitoy koronavirusni sun’iy yaratgani va uning tarqalishi haqidagi ma’lumotlarni yashirgani haqida ayblovlar bildirilyapti. Bu esa siyosiy taranglikni yanada mustahkamlaydi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi ushbu kelishmovchilik yaqin yillarda saqlanib qolishi kutilmoqda. Trampning oxirgi bayonotiga ko‘ra, AQSh tomonidan Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha boj to‘lovlari joriy etiladi.

Rasmiy Pekin esa o‘z navbatida koronavirus infeksiyasi tarqagan davlatlarga yordam ko‘rsatish hisobiga o‘z ta’sir doirasini yanada kengaytirib olishi kuzatilyapti. Xitoy bir qator davlatlarga gumanitar yordam va tibbiy niqoblar jo‘natmoqda.

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy inqiroz ro‘y beryapti. Xitoy hammadan oldin mana shu inqirozdan chiqishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi va Pekin bu ustunlikdan foydalanishi muqarrar.

Biroz vaqt muqaddam neftga bo‘lgan talab tushib ketishi oqibatida Xitoy avvalgi shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishi va eng muhimi — neft uchun dollarda emas, yuanda to‘lay boshlashi tahmin qilingan edi. Bu esa Xitoy valyutasining mustahkamlanishiga olib keladi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pandemiyasi, Koronavirus, kutilmoqda, qo‘l kelishi, Xitoyga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя