Главная » 2020 » Август » 2 » Koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etadi? JSST bayonoti
13:03

Koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etadi? JSST bayonoti


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasi «yana uzoq» davom etishini ma'lum qildi.

Kuni kecha JSSTning favqulodda qo‘mitasi yig‘ilishida uning vakillari pandemiya xalqaro ahamiyatga ega alohida vaziyat bo‘lib qolyapti, degan xulosaga kelishdi.

Mutaxassislar JSST va uning hamkorlariga koronavirusga qarshi kurashishdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi. Tashkilotning favqulodda qo‘mitasida ushbu muammoni hal etishda kuchlarni birlashtirish zarurligi ta’kidlandi hamda yoshlar kasallik tarqalishining oldini olishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirildi.

Ekspertlar pandemiya bilan bog‘liq vaziyatga yana uch oydan so‘ng baho beradigan bo‘lishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 17,3 million kishi koronavirusga chalingan, ulardan 675 ming nafari vafot etdi. O‘tgan bir kecha-kunduzda 289 ming kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi, olti ming nafari hayotdan ko‘z yumdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirus, pandemiyasi, yana qancha davom etadi, JSST bayonoti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя