Главная » 2020 » Март » 30 » Koronavirus: Putin va Trapm qo‘ng‘iroqlashdi
22:56

Koronavirus: Putin va Trapm qo‘ng‘iroqlashdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda 30 mart, dushanba kuni Kremlda xabar qilindi.

Ikki davlat rahbarlari dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishidan umumiy tashvish bildirdilar. Putin va Tramp bir-birlariga Rossiya va AQSh COVID-19 ga qarshi kurashishda qanday choralar ko‘rayotganini aytib berishdi. Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentlari ushbu kasallikka qarshi kurashda mamlakatlar o‘rtasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

"Davlat rahbarlari dunyoda koronavirus tarqalishidan jiddiy xavotirda ekanliklarini bildirishdi va bu tahdidga qarshi kurashish uchun Rossiya va AQShda ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qildilar. Tomonlar ushbu yo‘nalishda ikki mamlakat o‘rtasida yanada yaqinroq hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi ", dedi 30 mart, dushanba kuni Kreml matbuot xizmati.

Bundan tashqari, Putin va Tramp Rossiya va AQShning energetika vazirliklari darajasida neft bozorining holati bo‘yicha maslahatlashuvlar to‘g‘risida kelishib oldilar.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя