Главная » 2020 » Апрель » 7 » “Koronavirus qayta avj olishi mumkin, agar...” JSST dunyo mamlakatlarini ogohlantirdi
21:06

“Koronavirus qayta avj olishi mumkin, agar...” JSST dunyo mamlakatlarini ogohlantirdi


Agar karantin choralari yumshatilsa, koronavirusning qayta avj olishi kuzatilishi mumkin. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.

JSST butun dunyodagi rasmiylarni karantin choralarini tez orada yumshatmaslikka chaqirdi. Tashkilot vakili Kristian Lindmayerning ma’lum qilishicha, koronavirusni jilovlab olish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.

"Eng muhimi, avvalgi hayot tarziga tezda qaytmaslik kerak. Bu xuddi kasallikka o‘xshaydi. Agar siz oxirgacha davolanmay, tezda avvalgidek faol hayotga qaytsangiz, kasallikning qaytalanish xavfi paydo bo‘ladi”, deydi JSST vakili Kristian Lindmayer.

Uning ta’kidlashicha, JSSTda karantin chora-tadbirlarni yumshatish bo‘yicha mamlakatlar uchun umumiy tavsiyalar yo‘q. Har bir mamlakat o‘z hududidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib ushbu choralarni belgilaydi hamda bekor qiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha dunyoda 1 363 365 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Bemorlarning 292 467 nafari sog‘aygan, 76 507 nafar bemor esa vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя