Главная » 2020 » Март » 18 » Koronavirus Qirg‘izistonga ham kirib bordi
09:47

Koronavirus Qirg‘izistonga ham kirib bordi


COVID-19 koronavirusi Qirg‘izistonga ham yetib bordi. Mamlakatdan birdan 3 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev ma’lum qildi, deya xabar bemoqda RIA Novosti.

“Uchta bemor aniqlandi. Ularning bari Jalol-obod viloyati Suzak tumanida yashaydi”, degan vazir.
 

Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiya yuqtirganlar yaqinda Saudiya Arabistonida bo‘lib qaytgan.

Qirg‘iziston Markaziy Osiyoning koronavirus kirib borgan uchinchi mamlakati bo‘ldi. Bungacha virus Qozog‘iston va O‘zbekistonda aniqlangandi. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 198 426 nafarga yetdi. 198 426 kishidan 82 763 nafari davolangan, 7987 nafari vafot etgan. Foiz hisobida olganda yangi koronavirusning o‘limlilik darajasi 9 foizga teng.


Manba: "qalampir.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя