Главная » 2020 » Февраль » 24 » Koronavirus: qurbonlar 2,5 mingga yaqinlashdi. Virus Iroqqa ham kirdi
08:44

Koronavirus: qurbonlar 2,5 mingga yaqinlashdi. Virus Iroqqa ham kirdi


Bugun, 24 fevral holatiga Xitoyda paydo bo‘lgan COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 409 nafarga ko‘payib, 79 561 nafarga yetdi. Yangi kasallanish holatlari faqatgina Xitoyda kuzatildi.

Koronavirusdan davolanganlar soni 25 023 nafarga yetdi. Bemorlarning 22 foizi yoki 11 569 nafari hamon og‘ir ahvolda qolyapti.

2019-nCoV koronavirusidan vafot etganlar soni 150 nafarga ko‘payib, 2619 nafarga yetdi. Yaqindagina Eronda ham tarqala boshlagan virus qo‘shni Iroq davlatida ham aniqlandi.
 

Eronda virus tarqashi ortidan Turkiya, Quvayt, Iroq, Gruziya, Armaniston, BAA, Afg‘oniston va Pokiston ushbu davlat bilan chegarasini yopdi. Erondan mahsulotlar importi ham to‘xtatildi.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 32 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Misr, Eron, Livan, Isroil va Iroqda aniqlandi.

JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi.

Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя