Главная » 2020 » Март » 15 » Koronavirus sabab to‘ylar ham bekor qilinadimi? Bosh vazir javob berdi
16:46

Koronavirus sabab to‘ylar ham bekor qilinadimi? Bosh vazir javob berdi


O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlarning bekor qilinishi to‘y-hasham, oilaviy marosimlarga ham taalluqlimi? Ushbu masala bugun, 15 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida ko‘tarildi. 

“Oriat dono” radiosi Bosh muharriri Hojimurod Otaqulov Bosh vazir Abdulla Aripovga “ommaviy tadbirlarning taqiqlanishi to‘ylarga ham taalluqlimi?” degan savol bilan murojaat qildi. 

Hukumat raisining qayd etishicha, ommaviy tadbirlarga nisbatan o‘rnatilgan taqiqlar to‘y-hasham, oilaviy marosimlarga aloqador emas. To‘ylar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining qo‘shma qarori asosida qabul qilingan Nizom doirasida o‘tkazilishi davom ettiriladi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, To‘y, oilaviy bayramlar, ma’raka va marosimlar (dafn marosimidan tashqari) 1 kun bo‘ladi. 

To‘ylar soat 6:00-23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Sharoitga qarab osh vaqti xalq deputatlari tomonidan alohida belgilanadi. To‘yda 200 nafargacha odam qatnashadi, oshda 250 tagacha. Qo‘shaloq to‘yda 250 nafargacha, oshda 300 nafargacha. 

Dafn marosimida cheklanmagan odam qatnashishi mumkin, osh berish vaqti bundan mustasno.

Eslatib o'tamiz, bugun, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo'lgan. 

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя