Главная » 2020 » Февраль » 28 » Koronavirus sabab to‘ylarni vaqtincha taqiqlash taklif qilinmoqda
23:32

Koronavirus sabab to‘ylarni vaqtincha taqiqlash taklif qilinmoqda


Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputati Baktibek Turusbekov koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda to‘y va marosimlarni cheklashni taklif qilda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda. 

“Hozir biz to‘y va marosimlar o‘tkazyapmiz. Agar restoranga hech bo‘lmaganda bitta kasallangan kishi kelsa, virusni ko‘pchilikka yuqtiradi. Buni to‘xtatib tursa bo‘lmaydimi?”, deya so‘ragan deputat parlamentga hisobot berayotib.

Qirg‘iziston SSV vaziri Kosmosbek Cholponbayev ilgari ham to‘y va marosimlarni vaqtincha to‘xtatib turish taklifi bildirilganini eslatib o‘tdi. Lekin mamlakatda vaziyat barqaror bo‘lgani bois cheklovlar joriy etilmagan.

“Bunday bo‘lmasin-u biroq, hech bo‘lmaganda bitta fakt qayd etilsa, boshqa mamlakatlardagi singari bolalar bog‘chasi va maktablarni yopishimizga to‘g‘ri keladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Agar tadbirlarni avvaldan taqiqlasak, jamiyat buni qanday qabul qiladi? Biz qonun va xalqaro qoidalar doirasida professional chora ko‘ramiz”, degan Cholponbayev.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘ylab 83376 nafarni tashkil etmoqda.  2859 kishi vafot etgan, 36585 kishi darddan forig‘ bo‘lgan. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя