Главная » 2020 » Март » 15 » Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to‘xtatildi
17:15

Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to‘xtatildi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov koronavirus xavfi sabab mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlar – madaniy tadbirlar va sport musobaqalari, jumladan barcha hududlarda o‘tadigan Navro‘z umumxalq bayrami bilan bog‘liq tadbirlar bekor qilinganini aytdi. 

Ma’lumki, mamlakatdagi “Xalqlar do‘stligi”, “Turkiston” saroyi va “Humo” arena muz saroyida o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturlari bor. Aytaylik, joriy yilning 25 martiga qadarm O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xalqlar do‘stligi” konsert saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Ushbu saroy esa o‘z bag‘riga 4 mingdan ortiq tomoshabinni qamray oladi. Xo‘sh, mamlakatda barcha ommaviy tadbirlarning bekor qilinishi bilan bog‘liq taqiqlar Yulduz Usmonovaning konsertlariga ham tegishlimi? QALAMPIR.UZ ushbu savolga javob olish uchun tegishli tashkilotlar bilan bog‘landi. 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning ma’lum qilishicha, Yulduz Usmonovaning konserti ertaga, 16 martdan e’tiboran to‘xtatiladi.  


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя