Главная » 2020 » Февраль » 26 » Koronavirus sayohati. Navbat Braziliyaga yetdi
22:48

Koronavirus sayohati. Navbat Braziliyaga yetdi


Braziliyada yangi turdagi koronavirusga chalinishning ilk holati qayd etildi. Bu haqida mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kasallik yaqindagina Italiyaning Lombardiya viloyatidan qaytgan 61 yashar erkakda aniqlangan. Bemor San-Paulodagi "Albert Eynshteyn" shifoxonasiga yotqizilgan. Uning tahlillari tashxisni tasdiqlash uchun ixtisoslashtirilgan institutga yuborilgan.
 

Hukumat bemor qo‘shnilardan va yo‘lovchilardan kim bilan aloqa qilganini aniqlamoqda. Avvalroq San-Paulo koronavirusga chalinishda gumon qilingan 26 kishining tashxisi ijobiy chiqqan, ularda infeksiya aniqlanmagan edi.

Ayni damda shtatda kasallikka chalinishda gumon qilinib, to‘rt kishi nazorat ostiga olingan.

Avvalroq 6 fevral holatiga COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 80 997 nafarga yetgani, ularning 78 mingdan ziyodrog‘i Xitoyda aniqlangani haqida xabar bergan edik. 

Bundan tashqari, yangi koronavirusdan davolanganlar soni 30 115 nafarni tashkil qilyapti. 8839 nafar odamning ahvoli hamon og‘irligicha qolmoqda.

Koronavirus qurbonlari soni 2771 nafarga yetdi. Qurbonlar kechagiga nisbatan 53 kishiga ko‘paydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя