Главная » 2020 » Март » 31 » Koronavirus suvosti kemasiga ham yetib bordi
22:44

Koronavirus suvosti kemasiga ham yetib bordi


Suvosti kemasi bortidagi dengizchilar orasida koronavirus tarqalgani bois Niderlandiya harbiy dengiz kuchlarining Shimoliy dengizdagi jangovar navbatchiligi to‘xtatildi, deb xabar berdi «Dutch News» portali.

Mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Shotlandiya qirg‘oqlari yaqinida «Dolfijn» submarinasining 15 nafar ekipaj a’zosi noxushlikni his etib, yo‘tal va isitmadan shikoyat qilgan.

Tahlil xulosasida 8 nafar dengizchida koronavirus aniqlangan. Suvosti kemasi Den-Xelder (Shimoliy Gollandiya provinsiyasi) portidagi bazasiga qaytmoqda. Shundan so‘ng 58 kishidan iborat butun jamoa karantinga joylanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qariyb 12,5 mingta holat qayd etilgan bo‘lib, mingdan ortiq kishi vafot etgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя