Главная » 2020 » Апрель » 9 » Koronavirus tamg‘asi: Aholi orasida “kovidofobiya” tarqalmoqda
17:07

Koronavirus tamg‘asi: Aholi orasida “kovidofobiya” tarqalmoqda


Gannushkin nomidagi 4-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori Larisa Burigina moskvaliklar, asosan, psixologik yordam xizmatiga koronavirus tarqalishidan juda qo‘rqishayotgani bois murojaat qilishayotganligini ma’um qildi.

"Birinchidan, bu tashqariga chiqish va yuqtirishdan qo‘rqish. Shu bois bunday hodisani "kovidofobiya" deb atash mumkin", - dedi Burigina.

U, shuningdek, bir qator moskvaliklar uyda yolg‘iz o‘zi yakkalanib qolishganligi sababli stressni boshdan kechirayotganlarini, boshqalari esa qarindoshlari bilan yopiq joyda doimiy yashashdan qiynalayotganliklarini ta’kidladi.

"Hozirgi pandemiya sharoitda 35 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar ko‘proq stressga uchrashmoqda", - deya qo‘shimcha qildi Burigina.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя